|
"Dinamo" - "Lokomotiv" o'yinining 69-daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov dastlab golni hisobga oldi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, holatni o'rgangan referi golni inobatga olmadi va ofsayd qayd etilganini ma'lum qildi. Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Ofsayd borligi maxsus chiziqlar orqali VAR hakami to'g'ri aniqlagan. Toshkentliklarning 26-raqamli futbolchisi to'p uchun harakat qilgan va darvozabonni chalg'itib, golning qoida buzilgan holda kiritilishiga sababchi bo'lgan. Shu sababli, hakamlarda golni bekor qilish bo'yicha yetarli asos mavjud. Komissiya tomonidan ularning qarori to‘g‘ri, deb topildi. Shu o'rinda, jamoalarimiz va ularning matbuot xizmatidan o'z ishini qilgan holda futbol jamoatchiligi va OAVni asossiz faktlar bilan chalg'itmasligini hamda vaziyatlarga professional tarzda yondashishini so'rab qolamiz. Yana shuni ma'lum qilamizki, har bir uchrashuvdagi bahsli vaziyatlar va hakamlarning qarori Markaz hamda maxsus komissiya tomonidan nazorat qilib boriladi. 56 |