|
Joriy yilning 28-sentabr sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 20-turi yakuniga yetdi. Shuningdek, 24-sentabr sanasida Pro ligada 21-tur nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda Superligada jami oltita, Pro ligada esa bitta bahsli vaziyat yuzaga keldi.
1-vaziyat. Pro liga, "Do'stlik" - "Mash'al" bahsi: bahsli penalti.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda futbolchiga nisbatan qo'pollik ishlatilgan. Himoyachi to'pga emas, raqibining oyog'iga o'ynagan. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini noto'g'ri, deb hisoblaydi. 2-vaziyat. "Andijon" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi. "Andijon" - "Neftchi" uchrashuvining 35-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Mazkur holatda to'p dastlab mehmonlarning 99-raqamli vakilining son qismidan 55-raqamli futbolchining qo'liga borib tegdi va maydonga qaytdi. Bosh hakam Nayim Qosimov vaziyat penalti uchun yetarli emasligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to'g'ri qilgan. To'p futbolchining jamoadoshining son qismidan kelgan. Qolaversa, qo'l tabiiy va tanaga yopishgan tarzda turibdi. Bu kabi hollarda 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmaydi. Shu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi. 3-vaziyat. "Dinamo" - "Surxon" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan raqib oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba berdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi. 4-vaziyat: "Dinamo" - "Surxon" o'yini: bahsli penalti.
5-vaziyat. OKMK - "Lokomotiv" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan raqib oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba berdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi. 6-vaziyat. OKMK - "Lokomotiv" to'qnashuvi: mehmonlarning goli.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Mehmonlarning 4-raqamli futbolchisi o'zaro kurashdan so'ng jamoadosh darvozaboni bilan himoyachiga qo'pol tarzda harakat qildi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi. 7-vaziyat. "Bunyodkor" - "Nasaf" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi. "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvining 58-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va shu holatda to'p mezbonlarning 6-raqamli futbolchisiga tegib, o'yinga qaytdi. Bosh hakam Olim To'ychiboyev monitor yoniga borib, holatni o'rganganidan so'ng to'p qo'lga tekkanini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi. Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Qo'l tabiiy tarzda turgani yo'q va zarba berilgandan so‘ng to‘pga nisbatan harakat bo‘lgan. Shu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi. 432 |