Yangiliklar
Hakamlar
Nazoratchilar
UZFHM
Media
Statistika
Hakamlar qo'mitasi
Ekspertlar komissiyasi
Tahliliy komissiya
Hujjatlar
Aloqa
VAR

YANGILIKLAR


Superliga. 19-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
24.09.24

Joriy yilning 23-sentabr sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 19-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 13 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  


Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Neftchi" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.


"Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvining 8-daqiqasida mehmonlarning 70-raqamli futbolchisi raqib jarima maydoniga yorib kirdi. Zarba berayotgan chog'ida uni mehmonlarning 25-raqamli vakili to'xtatib qoldi. Bosh hakam Xushnud Suyunboyev penalti belgiladi, VAR ham uning qarorini ma'qulladi. 
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb topdi.



2-vaziyat: "Neftchi" - "Qizilqum" o'yini: bahsli vaziyat.


"Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvining 15-daqiqasida mezbonlar darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi va to'p darvoza tomon yo'l oldi. Bosh hakam Xushnud Suyunboyev to'p chiziqdan qaytarildi, deb topdi va bahsni davom ettirdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to'p darvoza chizig'ini kesib o'tgan yoki o'tmaganligini isbotlaydigan kadr mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi kamera rakursidan holat yaxshi ko'rinmaganini ma'lum qilgan holda hakamning qarorini qo‘llab-quvvatlaydi va uni to'g'ri, deb hisoblaydi.



3-vaziyat. "Neftchi" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvining 65-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Navoiyliklarning 22-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida himoyachilar tomonidan to'xtatib qolindi. Bosh hakam Xushnud Suyunboyev monitor orqali holatni o'rgangach, nuqtaga ishora qildi. 
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzgan. U to'p uchun harakat qilmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.



4-vaziyat: "Lokomotiv" - "Navbahor" o'yini: bahsli vaziyat.


"Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvining 57-daqiqasida mezbonlarning 72-raqamli a'zosi yaxshi vaziyatga ega chiqdi. Biroq mehmonlarning 12-raqamli vakili uni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Bosh hakam Nikita Mustafin himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda hujumchi darvozaga nisbatan uzoq masofada joylashgandi va qizil kartochka berish uchun sabab yo'q. Komissiya hakamning qarori to'g'ri ekanini ma'lum qiladi.



5-vaziyat. "Lokomotiv" - "Navbahor" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.


"Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvining 63-daqiqasida mezbonlarning 15-raqamli futbolchisi namanganliklarning 12-raqamli a'zosiga tirsagi bilan zarba berdi. Bosh hakam Nikita Mustafin dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi raqibiga nisbatan o'ta qo'pol harakat qilgan. Bu holat uchun qizil kartochka ko'rsatilishi lozim edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb topdi.

6-vaziyat: "So'g'diyona" - "Andijon" o'yini: bahsli penalti.


"So'g'diyona" - "Andijon" uchrashuvining 49-daqiqasida mezbonlarning 14-raqamli a'zosi yaxshi vaziyatga ega chiqdi. Ammo keyinchalik u raqib jarima maydoni ichida yiqilib tushdi. Bosh hakam Ahrol Risqullayev bahsni davom ettirdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda hujumchi penalti ishlashga harakat qilgan, unga nisbatan himoyachi qo'pollik ishlatmagan. Komissiya hakamning qarori to'g'ri ekanini ma'lum qiladi.



7-vaziyat: "So'g'diyona" - "Andijon" o'yini: bahsli vaziyat.


"So'g'diyona" - "Andijon" uchrashuvining 81-daqiqasida andijonliklarning 14-raqamli vakili mezbonlarning 8-raqamli a'zosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Ahrol Risqullayev futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibga ehtiyotsizligi sabab qo'pollik ishlatgan, bu holatda qizil kartochka berish uchun sabab yo'q. Komissiya hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



8-vaziyat. "Metallurg" - "Paxtakor" to'qnashuvi: mezbonlarning goli.


"Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvining 72-daqiqasida mezbonlar o'zining ikkinchi golini urdi. Bosh hakam Asker Najafaliyev mazkur holatda fol qayd etilmaganini va gol toza urilganini qayd etdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan noto'g'ri qilgan. Bu vaziyatda mehmonlarning 7-raqamli futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasi buzilgandi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori noto'g'ri, deb topildi.



9-vaziyat: "Olimpik" - "Dinamo" o'yini: bahsli vaziyat.


"Olimpik" - "Dinamo" uchrashuvining 72-daqiqasida samarqandliklarning 10-raqamli vakili mezbonlarning 18-raqamli a'zosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Timur To'xtasinov monitor orqali vaziyatni o'rgangach, futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibga jiddiy tarzda qo'pollik ishlatmagan, bu holatda qizil kartochka berish uchun asos yo'q. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



10-vaziyat: "Olimpik" - "Dinamo" o'yini: bahsli penalti.


"Olimpik" - "Dinamo" uchrashuvining 82-daqiqasida mezbonlarning 81-raqamli a'zosi raqib jarima maydoni ichida himoyachilar tomonidan to'xtatib qolindi. Bosh hakam Timur To'xtasinov nuqtaga ishora qildi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashishi kerak edi. Hujumchi penalti ishlashga harakat qilgan va unga nisbatan himoyachi qo'pollik ishlatmagan. Komissiya hakamlarning qarori noto'g'ri ekanini ma'lum qiladi.



11-vaziyat. "Surxon" - "Bunyodkor" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Surxon" - "Bunyodkor" uchrashuvining 70-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Biroq termizliklarning 66-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida himoyachilar tomonidan to'xtatib qolindi. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov dastlab  penalti belgiladi. Ammo referiga VAR orqali tushuntirish berilgach, u ofsayd qayd etdi va bahsni erkin zarba bilan davom ettirdi. 
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR o'yindan tashqari holat borligini tekshirgan. O'z-o'zidan penalti belgilash uchun sabab yo'q. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.



12-vaziyat: "Nasaf" - OKMK o'yini: bahsli penalti.


"Nasaf" - OKMK uchrashuvining 17-daqiqasida mezbonlar posboni va 22-raqamli to'p uchun to'qnashdi va himoyachiga tekkan to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Bosh hakam G'ayrat Jo'rayev bahsni davom ettirdi.  


Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to'p himoyachining qo'liga beixtiyor tarzda o'z sherigidan kelib tekkan. Qoidaga ko'ra, bu kabi hollarda penalti belgilanmasligi lozim. Komissiya hakamlarning qarori to'g'ri ekanini ma'lum qiladi.



13-vaziyat. "Nasaf" - OKMK qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Nasaf" - OKMK uchrashuvining 37-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va shu holatda to'p mehmonlarning 15-raqamli futbolchisiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. O'zi uchun yaxshi joy tanlagan bosh hakam G'ayrat Jo'rayev to'p qo'lga tegdi, deb hisobladi va penalti belgiladi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR hakami holatni aniq isbotlab beruvchi kadr mavjud emasligi bois vaziyatga aralashmagan. Shu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.



577
Superliga. "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
O'zbekiston kubogi. Barcha finallarda ishlagan bosh hakamlar va finallarga oid qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishing
Sentabr oyining eng yaxshi hakami bo‘lish uchun nomzodlar ma'lum
Superliga va Pro liga oxirgi turidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
Superliga. 19-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
Superliga. 18-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlarimiz OChL-2 doirasidagi bahsni boshqaradi
Nukusda nazariy va amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi