|
Joriy yilning 16-sentabr sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 18-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.
1-vaziyat. "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini ma'lum qiladi.
2-vaziyat. "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmay to'g'ri qilgan. Himoyachi to‘pga qo'li bilan o‘ynamagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.
3-vaziyat: "Navbahor" - "Nasaf" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatni tekshirgan va himoyachi to'pni tanasi bilan qaytarganini ko‘rib chiqqan. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.
4-vaziyat. "Dinamo" - "Bunyodkor" to'qnashuvi: mehmonlarning goli.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR ofsayd yo‘q ekanini tekshirgan. Shuningdek, hujumchi himoyachiga nisbatan o‘yin qoidasini buzmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.
5-vaziyat. "Dinamo" - "Bunyodkor" to'qnashuvi: mezbonlarning hisobga olinmagan goli.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda hujumchi raqibidan ildamlab ketgan. VAR ofsayd chizig‘ini chiza olmagan. Boisi, o‘yindan tashqari holat uchun javobgar texnikada nosozlik kuzatilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.
6-vaziyat. "Andijon" - "Lokomotiv" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to'p uchun o'ynagan va o'yin qoidasini buzmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.
7-vaziyat: "Andijon" - "Lokomotiv" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to'p uchun harakat qilgan. Penalti belgilash uchun asos yetarli emas. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.
8-vaziyat. "Olimpik" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzgan. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.
9-vaziyat. "Olimpik" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi. "Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvining 83-daqiqasida nominal mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan 64-raqamli futbolchisini mehmonlarning 24-raqamli vakili zararsizlantirdi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov uchrashuvni davom ettirdi va penalti belgilamadi, VAR ham uning qarorini tasdiqladi. Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzmagan. U to'p uchun harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.
10-vaziyat. OKMK - "Surxon" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan keskin tarzda qo‘pol harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini ma'lum qiladi.
343 |