|
"Neftchi" bugun Superliganing 18-turida "Paxtakor" mehmoni bo'ladi. Chempionat tarixiga nazar solsak, ushbu jamoalar o'zaro 59 to'qnashuvda ishtirok etgan (28 g'alaba toshkentliklarda, 22 g'alaba farg'onaliklarda va 9 durang). Mavsumning birinchi davrasidagi bahsda esa Asker Najafaliyev ish olib borgan va unda "sherlar" 0:2 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan. Bu klublar o'rtasida eng ko'p bosh hakamlik qilgan sifatida Noil Lutfullinni aytish mumkin. Sobiq referi 11 marta bu jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib borgan. U ishlagan bahslarda o'rtacha 3,1 tadan gol urilgan. Bugungi uchrashuvda esa Timur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar jamoasi ishlashi ko'zda tutilgan. U ilk bor mazkur klublar o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. 147 |