Yangiliklar
Hakamlar
Nazoratchilar
UZFHM
Media
Statistika
Hakamlar qo'mitasi
Ekspertlar komissiyasi
Tahliliy komissiya
Hujjatlar
Aloqa
VAR

YANGILIKLAR


"Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi Toshkentda o'tkazilgan oxirgi besh o'yinda naq 32 ta sariq kartochka ko'rsatilgan
30.08.24

Bugun O'zbekiston kubogi yarim finali doirasida "Paxtakor" "Navbahor" bilan kuch sinashadi. Mazkur to'qnashuv oldidan O'zFHM matbuot xizmati mazkur jamoalar o'rtasidagi Toshkentda o'tkazilgan oxirgi 5 bellashuvda kimlar bosh hakamlik qilganini eslashga qaror qildi. 

 

27.02.2020. "Paxtakor" 2:1 "Navbahor" / Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (11 sariq kartochka ko'rsatgan, mehmonlar vakili I. Isoqjonovni va mezbonlar a'zosi Y.Krimetsni maydondan chetlatgan).

15.09.2021. "Paxtakor" 0:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Zokir Qodirov (4 ta sariq kartochka ko'rsatgan).

01.04.2022. "Paxtakor" 1:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullayev (5 ta sariq kartochka ko'rsatgan).

17.03.2023. "Paxtakor" 2:1 "Navbahor" / Bosh hakam: Vadim Agishev (8 ta kartochka ko'rsatgan, mehmonlar vakili D.Hoshimovni maydondan chetlatgan va namanganliklar foydasiga 2 ta penalti belgilagan).


16.06.2024.
"Paxtakor" 0:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov (5 ta sariq kartochka ko'rsatgan).


Umumiy hisoblaganda, mazkur 5 bahsda jami 32 ta sariq kartochka ko'rsatilgan. Bu har bir o'yinga o'rtacha 6,4 tadan kartochka to'g'ri keladi degani. Shuningdek, hakamlar ushbu 5 to'qnashuvda 3 ta qizil kartochka ko'rsatgan va 2 bor penalti belgilagan. 

 

Ma'lumot o'rnida, bugun bu klublar o'rtasidagi to'qnashuvni Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 



58
Yilning eng yaxshi erkak hakami bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati!
Yilning eng yaxshi ayol hakami bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati!
Superliga-2024: Hakamlar statistikasi!
Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlarimiz OChL-2 bahsida ishlaydi
Superliga-2024: Mavsum sarhisobi!
Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlarimiz Elit OChL bahsida ishlaydi
Superliga. 26-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
Noyabr oyining eng yaxshi hakami bo‘lish uchun nomzodlar ma'lum