|
Joriy yilning 27-avgust sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 17-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.
1-vaziyat. "Metallurg" - "Dinamo" to'qnashuvi: mehmonlarning goli.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlarning 9-raqamli hujumchisi o'yindan tashqari holatda bo'lgan. Ammo u to'p uchun harakat qilmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan bosh hakamning qarori to'g'ri, deb topildi. 2-vaziyat. "Neftchi" - "Olimpik" qarama-qarshiligi: bahsli vaziyat.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda farg'onaliklar vakili raqibiga nisbatan atayin qo'pol harakat qilgan. Mazkur holatda futbolchi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori noto'g'ri, deb topildi.
3-vaziyat. "Lokomotiv" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachining qo'li notabiiy holatda turibdi. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.
4-vaziyat. "Nasaf" - "Andijon" qarama-qarshiligi: qizil kartochka.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan atayin qo'pollik ishlatgan. Bu kabi hollarda futbolchi ehtiyotsizligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori noto'g'ri ekanini ma'lum qiladi. 5-vaziyat: "Bunyodkor" - OKMK o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlar futbolchisi to'p uchun kurashgan va to'p uning yelka qismiga tekkan. Bu kabi hollarda uchrashuv davom ettirilishi lozim. O'z-o'zidan penalti belgilash uchun asos yetarli emas. Komissiya bosh hakamning qarorini to'g'ri, deb topdi.
|