"Paxtakor" bugun Superliganing 17-turida "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. Chempionat tarixiga nazar solsak, ushbu jamoalar o'zaro 57 to'qnashuvda ishtirok etgan. Mavsumning birinchi davrasidagi bahsda esa Shavkat Nasibullayev ish olib borgan va unda 3:2 hisobida jizzaxliklar zafar quchgan.
Bu klublar o'rtasida eng ko'p bosh hakamlik qilgan sifatida Temur To'xtasinovni aytish mumkin. Referi 6 marta bu jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib borgan.
Bugungi uchrashuvda esa Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar jamoasi ishlashi ko'zda tutilgan. U ilk bor mazkur klublar o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi.