Yangiliklar
Hakamlar
Nazoratchilar
UZFHM
Media
Statistika
Hakamlar qo'mitasi
Ekspertlar komissiyasi
Tahliliy komissiya
Hujjatlar
Aloqa
VAR

YANGILIKLAR


Superliga: 13-tur va 5-turdan qoldirilgan o'yinlardagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
02.07.24

Joriy yilning 28-iyun sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 13-turi yakuniga yetdi. Shuningdek, 1-iyulda 5-turdan qoldirilgan 3 o'yin ham bo'lib o'tdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

 

1-vaziyat. "Olimpik" - "Surxon" o'yini: qizil kartochka.


"Olimpik" - "Surxon" bahsining 42-daqiqasida mezbonlarning 10-raqamli futbolchisiga nisbatan mehmonlarning 3-raqamli vakili butsasining tag qismi bilan oyoqning himoyalanmagan qismiga qo‘pollik ishlatdi. Bosh hakam G'ayrat Jo'rayev dastlab sariq kartochka ko'rsatdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va referi sariq kartochkani bekor qilib, futbolchini maydondan chetlatdi. 
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi to'p uchun harakat qilmagan va raqibiga qarshi juda keskin o'ynagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to'g'ri ekanini ma'lum qiladi.


 

2-vaziyat. "Qizilqum" - OKMK qarama-qarshiligi: mehmonlarning hisobga olinmagan goli.


"Qizilqum" - OKMK uchrashuvining 15-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va 99-raqamli I. Ruxadze darvozabonga qo'pollik ishlatib, to'pni navoiyliklar darvozasiga kiritdi. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov golni inobatga olmadi va fol uchun olmaliqliklar legioneriga sariq kartochka ko'rsatdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi darvozabonga nisbatan qo'pol harakat qilgan. Qoidaga ko'ra, bu kabi hollarda fol qayd etiladi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.




3-vaziyat. "Qizilqum" - OKMK qarama-qarshiligi: qizil kartochka.


"Qizilqum" - OKMK uchrashuvining 70-daqiqasida mehmonlarning 15-raqamli futbolchisi O. Rustamov to'p uchun kurashda navoiyliklarning 7-raqamli a'zosi D. Anvarovga qarshi qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov dastlab uchrashuvni davom ettirdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va shundan so'ng referi futbolchini maydondan chetlatishga qaror qildi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi to'pga ulgurmagan va butsasining tag qismi bilan raqib oyog‘ining himoyalanmagan qismiga qo'pollik ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.




4-vaziyat. "Qizilqum" - OKMK qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.


"Qizilqum" - OKMK uchrashuvining 75-daqiqasida mehmonlarning 3-raqamli futbolchisi S. Rahmonov darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan navoiyliklarning 10-raqamli a'zosi E. Lobjanidzeni to'xtatib qoldi. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi so'nggi umid folini ishlatgan va bu kabi hollarda qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini noto'g'ri, deb hisoblaydi.




5-vaziyat: "Andijon" - "Navbahor": bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.


"Andijon" - "Navbahor" bellashuvining 11-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi mehmonlar jarima maydoniga katta tezlikda yorib kirganidan so'ng namanganliklarning 9-raqamli vakili O. Hamrobekov tomonidan to'xtatib qolindi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov darhol nuqtaga ishora qildi va Hamrobekovga sariq kartochka ko'rsatdi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda himoyalanayotgan futbolchi katta tezlikda ketayotgan raqibiga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan bosh hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.




6-vaziyat. "Andijon" -"Navbahor" qarama-qarshiligi: mehmonlarning hisobga olinmagan goli.


"Andijon" - "Navbahor" uchrashuvining 45+5-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va 34-raqamli F. Sayfiyev darvozabonga qo'pollik ishlatib, to'pni andijonliklar darvozasiga kiritdi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov golni inobatga olmadi va fol qayd etilganini ma'lum qildi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi darvozabonga nisbatan qo'pol harakat qilgan. Qoidaga ko'ra, bu kabi hollarda fol qayd etiladi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.


7-vaziyat. "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi: mehmonlarning goli.


"Nasaf" - "Navbahor" o'yinining 12-daqiqasida mehmonlarning 34-raqamli futbolchisi F. Sayfiyev jamoasining 2-golini urdi.  Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov bu vaziyatda golni inobatga oldi, VAR ham qarorni tasdiqladi. 
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda VAR holatga aralashishi kerak edi. Mezbonlar futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan va bu kabi hollarda gol bekor qilinib, jarima zarbasi berilishi lozim. Shu sababli, hakamlarning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.




8-vaziyat. "Nasaf" -"Navbahor" qarama-qarshiligi: mezbonlarning hisobga olinmagan goli.


"Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvining 23-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va 10-raqamli B. Abdixoliqov qo'li bilan o'ynagan holda to'pni namanganliklar darvozasiga kiritdi. VAR hakami bosh hakam Abdurashid Xudoyberganovni monitor yoniga chaqirdi va referi qoidabuzarlik qayd etilgani sabab golni inobatga olmadi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. To'p hujumchining qo'liga tekkan va darvoza to'ridan joy oldi. Qoidaga ko'ra, bu kabi holat qo'l bilan o'yin sifatida qayd etiladi va gol bekor qilinadi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.




9-vaziyat: "Nasaf" - "Navbahor" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.


"Nasaf" - "Navbahor" bellashuvining 60-daqiqasida mezbonlarning 22-raqamli himoyachisi namanganliklarning 13-raqamli vakili bilan to'p uchun kurashdi va raqib jarima maydonida yiqildi. VAR hakami bosh hakam Abdurashid Xudoyberganovni monitor yoniga chaqirdi va referi nuqtaga ishora qildi.  
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga noto'g'ri aralashgan. Ikki futbolchi ham to'p uchun kurash olib borgan va penalti belgilash uchun asos yetarli emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori noto'g'ri, deb topildi.



10-vaziyat. "Neftchi" - "Paxtakor" to'qnashuvi: bahsli penalti.


"Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvining 85-daqiqasida mezbonlarning 77-raqamli vakili mehmonlarning 22-raqamli a'zosi bilan to'p uchun kurash olib bordi va jarima maydonida yiqilib tushdi. Bosh hakam Asker Najafaliyev dastlab nuqtaga ishora qildi, ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va referi vaziyatni ko'rib chiqqach, penaltini bekor qildi.  


Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mezbonlar a'zosi penalti ishlash maqsadida bo'lib, to'qnashuvni o'zi yuzaga keltirgan. 11 metrlik jarima zarbasi belgilash uchun asos yetarli emas va shu sabab, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.



95
Yilning eng yaxshi erkak hakami bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati!
Yilning eng yaxshi ayol hakami bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati!
Superliga-2024: Hakamlar statistikasi!
Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlarimiz OChL-2 bahsida ishlaydi
Superliga-2024: Mavsum sarhisobi!
Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlarimiz Elit OChL bahsida ishlaydi
Superliga. 26-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
Noyabr oyining eng yaxshi hakami bo‘lish uchun nomzodlar ma'lum