|
"Nasaf" bugun Superliganing 23-turida "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi. Chempionat tarixiga nazar solsak, ushbu jamoalar o'zaro 37 to'qnashuvda ishtirok etgan (13 g'alaba "temiryo'lchilar"da, 17 g'alaba "ajdarlar"da va 7 durang). Mavsumning birinchi davrasidagi bahsda esa G'ayrat Jo'rayev ish olib borgan va unda "Nasaf" 3:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan. Bu klublar o'rtasida eng ko'p bosh hakamlik qilgan hakam sifatida Ravshan Irmatovni aytish mumkin. Sobiq referi 5 marta bu jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib borgan. Bugungi uchrashuvda esa Ahrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar jamoasi ishlashi ko'zda tutilgan. U uchinchi bor mazkur klublar o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. Oldingi ikki bellashuvda bitta durang va bitta poytaxtliklar g'alabasi qayd etilgan. 142 |