|
"Andijon" bugun Superliganing 23-turida "Paxtakor" mehmoni bo'ladi. Chempionat tarixiga nazar solsak, ushbu jamoalar o'zaro 55 to'qnashuvda ishtirok etgan (40 g'alaba "sherlar"da, 6 g'alaba "burgutlar"da va 9 durang). Mavsumning birinchi davrasidagi bahsda esa Shavkat Nasibullayev ish olib borgan va unda "Paxtakor" 3:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan. Bu klublar o'rtasida eng ko'p bosh hakamlik qilgan hakam sifatida Aleksandr Pivovarovni aytish mumkin. Sobiq referi 4 marta bu jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib borgan. Shuningdek, Valentin Basalayev, Rustam Lutfullin va Shavkat Nasibullayev 3 ta o'yinda bosh hakamlik qilgan. Bugungi uchrashuvda esa Nikita Mustafin boshchiligidagi hakamlar jamoasi ishlashi ko'zda tutilgan. U ikkinchi bor mazkur klublar o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. 1695 |