|
O'zFHM matbuot xizmati futzal Oliy ligasi 1-turidan o‘rin olgan BMB – “Oil Star" o'yinidagi bahsli vaziyat yuzasidan O‘FA Hakamlar qo‘mitasi qarorini ma'lum qiladi:
Futzal Oliy ligasi 1-turidan o‘rin olgan BMB - "Oil Star" bahsi hakamlari Anatoliy Rubakov va Nikita Afinogenov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda birinchi hakam Anatoliy Rubakovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 3-bandlari va 4-bo‘limning 4.3 bandiga asosan, futzal Oliy ligasi uchrashuvlaridan yarim mavsumga chetlatish va quyi ligaga tushirish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 100% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi. Ikkinchi hakam Nikita Afinogenov Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 3-bandlari va 4-bo‘limning 4.3 bandiga asosan, futzal Oliy ligasidan ikkita turga chetlatish va o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 100% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi. 493 |