Superliga. 22-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
29.10.24
Joriy yilning 28-oktabr sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 22-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 6 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.
Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:
"Surxon" - "Lokomotiv" uchrashuvining 32-daqiqasida mezbonlarning 66-raqamli a'zosi raqib jarima maydonida to'p uchun kurash olib bordi va yiqilib tushdi. Bosh hakam Akmal Rahimov dastlab penalti belgiladi. Lekin VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorini o'zgartirdi va bahsni davom ettirdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Himoyachi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatmagan. U hujumchiga qarshilik ko'rsatgan, ammo bu muvozanat yo'qotish uchun yetarli emas. Penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya hakamlarning qarori to'g'ri ekanini ma'lum qiladi.
"Surxon" - "Lokomotiv" uchrashuvining 54-daqiqasida mehmonlarning 7-raqamli a'zosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi va to'p uchun kurashdan so'ng yiqilib tushdi. Bosh hakam Akmal Rahimov dastlab penalti belgiladi. Lekin VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorini o'zgartirdi va bahsni davom ettirdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Himoyachi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Ammo qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida qayd etilgan. Penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.
"Surxon" - "Navbahor" uchrashuvining 63-daqiqasida mehmonlarning 97-raqamli a'zosi mezbonlarning 17-raqamli futbolchisiga qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Akmal Rahimov dastlab penalti yo'qligini qayd etdi. Lekin VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi nuqtaga ishora qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Himoyachi to'pga ulgurmagan va raqibning oyog'iga zarba berib, qo'pollik ishlatgan. Penalti belgilash uchun asos yetarli. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.
4-vaziyat. "Navbahor" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
"Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvining 41-daqiqasida mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi bekobodliklarning 15-raqamli a'zosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam To'rabek Suyunov dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi yiqilganidan so'ng butsasining tag qismi bilan raqibining beldan past qismiga zarba bergan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisobladi.
"Andijon" - "Olimpik" uchrashuvining 45+2-daqiqasida mehmonlarning 10-raqamli a'zosi o'z jarima maydonida to'pni qaytarib yubordi. Bosh hakam Olim To'ychiboyev futbolchi qo'l bilan o'yin yo'qligini va qoidabuzarlik holati qayd etilmaganini ma'lum qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachining qo'liga to'p tekkan yoki tegmaganligini kamera rakurslaridan ko'rishning iloji yo'q. Shu bois, komissiya hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaydi va uni to'g'ri, deb topdi.
6-vaziyat. "Dinamo" - "Nasaf" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
"Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvining 90+3-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va shu holatda to'p mezbonlarning 44-raqamli futbolchisi qo'liga tegib, o'yinga qaytdi. Bosh hakam Shavkat Nasibullayev monitor orqali vaziyatni ko'rgach, mazkur epizodda to'p qo'lga tekkanini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchining qo'li notabiiy turibdi. Himoyachining tana holati qo'l yordamida kengaytirilgan va to'p shu boisdan yo'nalishini o'zgartirgan. 11 metrlik jarima zarbasi uchun asos yetarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to'g'ri ekanini ma'lum qiladi.