|
"Navbahor" bugun Superliganing 21-turida "Neftchi" mehmoni bo'ladi. Chempionat tarixiga nazar solsak, ushbu jamoalar o'zaro 59 to'qnashuvda ishtirok etgan (26 g'alaba "yo'lbarslar"da, 15 g'alaba "lochinlar"da va 18 durang). Mavsumning birinchi davrasidagi bahsda esa Aziz Asimov ish olib borgan va unda "Navbahor" 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan. Bu klublar o'rtasida eng ko'p bosh hakamlik qilgan hakam sifatida Ravshan Irmatovni aytish mumkin. Sobiq referi 10 marta bu jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib borgan. Shuningdek, Rustam Saidov va Vladislav Tseytlin 5 ta o'yinda bosh hakamlik qilgan. Bugungi uchrashuvda esa Timur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar jamoasi ishlashi ko'zda tutilgan. U ikkinchi bor mazkur klublar o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. 336 |